Yonhap News Agency xabariga ko'ra, kecha — 8 mart kuni Seosan shahrining Jigok-myeon tumanida joylashgan metall eritish zavodida 50 yoshli O'zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa oqibatida halok bo'ldi.
Ma'lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 21:46 atrofida Seosan Autovalley sanoat zonasidagi korxonada ishlayotgan erkak yuk ko'targich (forklift) bilan to'qnashib, ish materiallari ostida qolib ketgan.
Jabrlanganuvchi yurak to'xtashi holatida qutqarilib, 119 tez yordam xizmati tomonidan yaqin atrofdagi shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Qayd etilishicha, mazkur zavodda doimiy ishchilar soni 5 kishidan ortgani sababli hodisa "Og'ir sanoat baxtsiz hodisalarini jazolash to'g'risida"gi qonun doirasida ko'rib chiqilmogda.
Politsiya va mehnat organlari dastlabki taxminga ko'ra, yuk ko'targich haydovchisi harakat vaqtida oldinda turgan ishchini payqamay qolgan bo'lishi mumkinligini bildirib, hodisa yuzasidan tergov olib bormogda.






