FIFA prezidenti Janni Infantino Shimoliy Amerikada o'tkaziladigan Jahon chempionati chiptalari narxlarining yuqoriligi yuzasidan fikr bildirdi.
Uning ta'kidlashicha, FIFA har to'rt yilda bir marta o'tkaziladigan Jahon chempionatidan tushadigan daromadni dunyo bo'ylab futbolni rivojlantirishga yo'naltiradi. Infantino usbu musobaqa tashkilotning asosiy daromad manbai ekanligini qayd etdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, final o'yini uchun yuqori qatorlardagi chipta narxi 8860 dollarni tashkil etsa, quyi qatorlardagi joylar 25 ming dollargacha baholanmoqda. Ayrim o'yinlar uchun esa narxlar 14 ming dollargacha yetishi mumkin.
Shuningdek, FIFA ayrim stadionlar uchun 60 dollarlik arzon chipta variantlarini ham joriy qilgan.
Bu yilgi Jahon chempionatida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va musobaqa AQSh, Kanada hamda Meksikada bo'lib o'tadi.






