O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari kutib oldi.
Tantanalı kutib olish marosimi milliy kuy-qo‘shiq va raqslar bilan boshlandi. Ikki davlat — O‘zbekiston va Qozog‘iston bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi, harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi.
Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, mehmon Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilishi, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.






