AsosiySiyosat

Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

'Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.'ning rasmi

Shavkat Mirziyoyev 31 mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Yermek Kosherbayevni qabul qildi. Suhbat avvalida mehmon davlat rahbariga Qosim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Parlamentlar, hukumatlar va ishbilarom doiralar darajasidagi faol hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tomonlar qo‘shma Hukumatlararo komissiya samarali ishlayotganini ta’kidlab, tovar ayirboshlash hajmi o‘sib borayotganini qayd etdi. Sanoat, energetika, transport, ekologiya va suvdan foydalanish sohalaridagi kooperatsiyani kengaytirish, nodir metallar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sayyohlik va gumanitar almashinuv dasturlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibini tayyorlash hamda xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar