O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon "O‘zbekiston" xalqaro forumlar saroyida bo‘lib o‘tgan qo‘shma kontsertni birgalikda tomosha qildi.
Dasturda ikki xalqning boy madaniy merosi, milliy musiqa va sahna san’atining sara namunalari ijro etildi.
O‘zbekiston va Tojikiston san’atkorlari hamda ansambllarining qo‘shma chiqishlari xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, ma’naviy yaqinlik va madaniy mulogot ramzi sifatida namoyon bo‘ldi.






