Shavkat Mirziyoyev nomiga Donald Trumpdan maktub keldi. Unda Amerika yetakchisi davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishidagi ishtirokini yuqsoq baholagan.
Maktubda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ulkan natijalarga erishayotgani ta’kidlanib, mamlakatimizga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirilgan.
O‘z navbatida, Donald Trump davlatimiz rahbarini Tinchlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga, shuningdek, Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga taklif etgan.
"Yaratgan Sizni va O‘zbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin", — deyiladi maktubda.






