Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Emomali Rahmon davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Tojikiston yetakchisini "Toshkent–Humo" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun tashrif doirasida ikki tomonlama muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.






