AsosiySport

"Roma" futbolchisi qurolli bosqinchilar tomonidan garovga olindi

Italiyaning "Roma" klubi futbolchisi Nil El Aynaui uyiga qurolli shaxslar bostirib kirib, uni va oilasini garovga oldi.

'"Roma" futbolchisi qurolli bosqinchilar tomonidan garovga olindi'ning rasmi

"Goal" nashri xabar berishicha, voqea 16 mart kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Yuzlarini niqob bilan yopgan va qurollangan olti nafir noma’lum shaxs futbolchining uyiga deraza panjaralarini sindirib kirgan.

Jinoyatchilar Nil El Aynaui, uning onasi, akasi, hamrohi va qiz do‘stini bir xonaga qamab qo‘yib, uyni tintuv qilgan. Ular taxminan 10 ming evro qiyomatidagi zargarlik buyumlari, Rolex soati va dizayner sumkalarini o‘g‘irlab ketgan.

Hodisadan so‘ng bosqinchilar qochib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya tergov ishlarini boshlagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan, biroq jabrlanuvchilar ruhiy zarba olgan.

Tergovchilar jinoyatchilar futbolchining uyda ekanidan oldindan xabardor bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ham o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Manchester Siti" himoyachisi Ruben Diasning uyi ham o‘yin vaqtida talon-toroj qilingandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘FA futbolchilarni ekipovkasi bo‘yicha ogohlantirdi'ning rasmi

    Sport 13.03.2026 14:33

    O‘FA futbolchilarni ekipovkasi bo‘yicha ogohlantirdi

    Joriy yil 15 martdan boshlab O‘zbekistondagi rasmiy futbol musobaqalarida futbolchilarning ekipovkasiqa qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

    'FIFA Jahon chempionati byudjeti 100 million dollardan ortiqqa qisqartirildi'ning rasmi

    Sport 11.03.2026 10:36

    'Oʻzbekiston ayollar termasi chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi oʻynaydi'ning rasmi

    Sport 10.03.2026 14:09

    Oʻzbekiston ayollar termasi chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi oʻynaydi

    Futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

    'Kamilla Rahimova Ostin turnirini gʻalaba bilan boshladi'ning rasmi

    Sport 10.03.2026 05:18

    Kamilla Rahimova Ostin turnirini gʻalaba bilan boshladi

    У АҚШда ўтаётган WTA 125 турнирининг илк босқичида нидерландиялик рақибасини мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди.

    'Mbappe Madridga qaytdi'ning rasmi

    Sport 09.03.2026 16:43

    Mbappe Madridga qaytdi

    Унинг самолётида актриса Эстер Экспосито ҳам бўлгани айтилмоқда.

    'Xavi: Messi "Barselona"ga qaytmadi, chunki klub tayyor emas edi'ning rasmi

    Sport 09.03.2026 07:11

    Xavi: Messi "Barselona"ga qaytmadi, chunki klub tayyor emas edi

    "Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messining klubga qaytishi amalga oshmay qolgan sababini ochiqladi.