Xaviyga ko‘ra, Messi 2022 yilgi Jahon chempionatidan keyin deyarli “Barselona”ga qaytishga yaqin bo‘lgan, La Liga ham ruxsat bergan. Ammo klub prezidenti Joan Laporta transferni to‘xtatgan. Xavi ta’kidlaganidek, Messi qaytsa, maoshlar bo‘yicha katta muammolar paydo bo‘lishi mumkin edi va klub bunga tayyor emas edi.
“Messining qaytmasligi haqidagi turli mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu na La Liga talablari, na otasi ko‘proq pul so‘ragani bilan bog‘liq. Aslida barchasi Laporta klubni tayyor emasligi haqida aytgani sabab”, — dedi Xavi.
O‘sha transfer oynasida Messi “Barselona”ga qaytmay, Inter Mayamiga o‘tgan edi.






