Qarshi shahrida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan yong‘in-qutqaruv sporti respublika bosqichi musobaqasida sportchilar ishqol qilish narvonidagi o‘quv minorasining 4- va 2-qavatiga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, 4x100 metrga yong‘in o‘chirish estafetasi va jangovar yoyilish turlari bo‘yicha bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, erkaklar umumjamoa hisobida:
1-o‘rin – Buxoro viloyati FVB;
2-o‘rin – Qashqadaryo viloyati FVB;
3-o‘rin – Toshkent viloyati FVBB.
Ayollar umumjamoa hisobida esa:
1-o‘rin – Qashqadaryo viloyati FVB;
2-o‘rin – Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ OFVM;
3-o‘rin – Toshkent viloyati FVBB.
G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.






