AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi

Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qur’goni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi.

'O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi'ning rasmi

Ark qo‘rg‘oni Buxoroning qadimiy qal’asi bo‘lib, qariyb 1500 yil davomida hukmdorlar qarorgohi sifatida xizmat qilgan. Unging dastlabki binolari miloddan avvalgi IV-III asrlarga mansub bo‘lib, hozirgi ko‘rinishi asosan XVI asrda shakllangan. Ilgari u saroylar, ma’muriy binolar, qurolxonani o‘z ichiga olgan “shahar ichidagi shahar” bo‘lgan. asrlarda bu yerda Rudakiy, Ibn Sino va keyinchalik Umar Xayyom kabi buyuk mutafakkirlar yashab, ijod qilgani qayd etildi.

Poi Kalon majmuasi Buxoroning eng ulug‘vor va mashhur me’moriy ansambllaridan biri sifatida tojikistonlik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. U 1127 yilda qurilgan mashhur 45,6 metrli minora, 1514 yilda barpo etilgan va 12 ming kishini sig‘dira oladigan jome masjidi, shuningdek, islom olamining eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Mir Arab madrasasini o‘z ichiga oladi. Masjid hovlisini o‘rab turgan 288 ta gumbazli galereya, yuzlab ustunlar va noyob akustika majmuaga alohida ulug‘vorlik bag‘ishlaydi.

Labi Hovuz ansambli Buxoroda saqlanib qolgan asrlarga oid sanogli maydonlardan biri bo‘lib, uning markazida qadimiy hovuz joylashgan. Asrlar davomida shahar aholisi bu yerga dam olish, suhbatlashish va savdo qilish uchun kelgan. Majmua tarkibiga Ko‘kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqohi kiradi.

Tojikiston yetakchisi har bir tarixiy obidaning badiiy uyg‘unligi, milliy hunarmandchilik namunalari va tarixiy eksponatlarga katta qiziqish bildirdi. Oliy martabali mehmonga me’moriy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, naqshlar va ramzlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Buxoroning boy tarixi, Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida hikoya qiluvchi bu qadamjolar Tojikiston delegatsiyasida chuqur taassurot qoldirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:26

    O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi

    Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari mamlakatda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 02:59

    Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi

    Ikki mamlakat yetakchilari san'atkorlar ishtirokidagi an'anaviy madaniy dasturda qatnashdi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 15:35

    Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

    Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Koʻksaroy qarorgohida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi yakunlarini eʼlon qildi.

    'Donald Trump Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 09:03

    Donald Trump Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

    AQSh prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini Tinchlik kengashining navbatdagi yigʻilishi va Mayamidagi G20 sammitiga taklif qildi.

    'Emomali Rahmon Oʻzbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 07:49

    Emomali Rahmon Oʻzbekistonga keldi

    Tojikiston prezidenti Toshkentda ikki tomonlama muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning ilk yig‘ilishida ishtirok etadi.

    'Mirziyoyevga neft-gaz sohasidagi ishlar yuzasidan hisobot berildi'ning rasmi

    Siyosat 25.03.2026 17:16

    Mirziyoyevga neft-gaz sohasidagi ishlar yuzasidan hisobot berildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarishni barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.