AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi

Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari mamlakatda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.

'O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi'ning rasmi

Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxorodagi tarixiy obidalarni ziyorat qilmogda.

Qadimiy Buxoro azaldan o‘zining benazir tarixiy, me’moriy va madaniy boyliklari bilan mashhur bo‘lib, asrlar davomida fan, islom ilmi va ma’naviyat markazlaridan biri sifatida tanilgan. Yoshi 2,5 ming yildan oshgan shaharning tarixiy markaziga 1993 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi obyekti maqomi berilgan.

Oliy martabali mehmon dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

Majmua islom olamining ulug‘ qadamjolaridan biri hisoblanadi. Mazkur ziyoratgoh Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan joyda barpo etilgan bo‘lib, bugungi kunda maqbara, xonaqoh, masjidlar, daxma va so‘fiylik tarixi muzeyini o‘z ichiga oladi. Bahouddin Naqshband ta’limotining ezgu tamoyili – “Dil ba yoru, dast ba kor” shiori insonni mehnatsevarlik va ruhiy poklikka da’vat etishi alohida ta’kidlandi.

So‘ng Somoniylar maqbarasiga tashrif buyurildi. Ushbu me’moriy yodgorlik Markaziy Osiyoda pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan eng qadimiy inshootlardan biri hisoblanadi. U IX asr oxiri – X asr boshida Somoniylar davlati asoschisi va birinchi hukmdori Ismoil Somoniy tomonidan sulolaviy maqbara sifatida qurilgan.

Uning me’moriy qiyofasida nafaqat islom, balki islomdan avvalgi davr an’analari, jumladan, sug‘d madaniyatiga xos naqshlar ham o‘z aksini topgan. Ta’kidlanganidek, quyosh nurlarining tushishiga qarab, maqbara naqshlari turli cha jilolanadi, binoning kub va gumbaz shaklidagi kompozitsiyasi esa Yer va Osmon uyg‘unligini ramziy ifoda etadi.

Qalinligi qariyb ikki metrga etadigan devorlar hamda yuqori sifatli g‘isht terimi tufayli ushbu noyob yodgorlik bugungi kungacha yaxshi saqlanib qolgan.

Maqbaralarga ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat qilinib, o‘tganlarga rahmat, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilab, duo qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:07

    O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi

    Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qur’goni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 02:59

    Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi

    Ikki mamlakat yetakchilari san'atkorlar ishtirokidagi an'anaviy madaniy dasturda qatnashdi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 15:35

    Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

    Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Koʻksaroy qarorgohida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi yakunlarini eʼlon qildi.

    'Donald Trump Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 09:03

    Donald Trump Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

    AQSh prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini Tinchlik kengashining navbatdagi yigʻilishi va Mayamidagi G20 sammitiga taklif qildi.

    'Emomali Rahmon Oʻzbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 07:49

    Emomali Rahmon Oʻzbekistonga keldi

    Tojikiston prezidenti Toshkentda ikki tomonlama muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning ilk yig‘ilishida ishtirok etadi.

    'Mirziyoyevga neft-gaz sohasidagi ishlar yuzasidan hisobot berildi'ning rasmi

    Siyosat 25.03.2026 17:16

    Mirziyoyevga neft-gaz sohasidagi ishlar yuzasidan hisobot berildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmog‘ida qazib chiqarishni barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.