Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Endi getraga (paypoq) tashqi tomondan yopishtirilgan yoki o‘ralgan lenta yoki boshqa material uning rang bilan bir xil bo‘lishi, shtiklar esa to‘liq getra bilan qoplangan va yetarli himoyani ta’minlashi shart.
Shuningdek, shortikning tagidan kiyiladigan kiyim shortik asosiy rangi yoki quyi qismi rangi bilan bir xil bo‘lishi, va jamoa futbolchilari bitta rangdan foydalanishi kerak.
Qoidalarga zid holat aniqlansa, futbolchi kamchilik bartaraf etilmaguncha o‘yinga qo‘yilmaydi. Bu chora joriy yil 15 martda bo‘lib o‘tadigan Superkubok bahsidan boshlab amal qiladi.






