Uchrashuvda Turkiya Respublikasi Qurolli Kuchlarining yuqori martabali vakili ishtirok etdi.
Tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Qayd etilishicha, harbiy-texnik sheriklik izchil rivojlanmoqda, idoralararo aloqalar kengayib, qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda va harbiy mutaxassislar tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Shuningdek, harbiy sohadagi sheriklikni yanada chuqurlashtirishga qat’iy intilish bildirildi.






