Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyatida sudya va bank mansabdorining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudya o‘z ish yurituvida bo‘lgan da’vo ishini tadbirkor foydasiga hal bo‘lishini bilgan holda, "Agrobank" filiali xodimi bilan til biriktirib, 7500 AQSH dollari talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida bank xodimi 5500 dollar pulni olgani va uning bir qismini sudyaga bergan vaqtida ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Fuqarolarga shu kabi holatlarga duch kelganda tegishli idoralarga xabar berish tavsiya etildi.






