Andijon viloyati, Namangan viloyati va Farg‘ona viloyatida mansabdorlar ishtirokida korrupsion holatlar aniqlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov boshlandi.
Andijonda hokim o‘rinbosari yer ajratish va qurilishga ruxsat olib berish evaziga 50 ming dollar talab qilib, pulni olgan vaqtida ushlandi. Namanganda esa bosh arxitektor noqonuniy qurilmani rasmiylashtirish uchun pora so‘rab, mablag‘ni qabul qilayotganda qo‘lga olingan.
Farg‘onada bo‘lim rahbari o‘rinbosari fuqaroni tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan. Barcha holatlar yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.






