Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Dehqonobod tumanidagi bozor rahbarining mansab vakolatini suiiste'mol qilgani fosh etildi.
Ma’lum bo‘lishicha, u tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqaroga bozor hududida joylashgan, hujjatlari rasmiylashtirilmagan savdo do‘konini sotish va keyin uning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilib, bu "xizmat" uchun 80 mln so‘m talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida mansabdor shaxs tadbirkordan 6600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.






