Bugun, 23 martda mamlakat hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmogda, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati 20-25 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 28 daraja iliqqacha bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkentda 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 daraja iliq bo‘ladi. 23-24 mart kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.






