AsosiyBu qiziq

Starlink sun'iy yo'ldoshlari soni 10 mingdan oshdi

SpaceX global internet tarmogʻini kengayitmoqda.

'Starlink sun'iy yo'ldoshlari soni 10 mingdan oshdi'ning rasmi

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Starlink loyihasi yangi bosqichga chiqdi — orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlar soni 10 mingtadan oshdi. Bu haqda Spaceflight Now nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17 martga o‘tar kechasi SpaceX navbatdagi 25 ta Starlink sun'iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli uchirgan. Bu 2026 yil boshidan buyon amalga oshirilgan 17-orbit parvoz bo‘lib, kompaniyaning yuqori sur'atda ish olib borayotganini ko‘rsatadi.

Umuman olganda, 2026 yilda SpaceX parvozlarining o‘rtacha chastotasi har ikki-uch kunda bittadan to‘g‘ri kelmoqda. Yil boshidan buyon amalga oshirilgan 33 ta Falcon 9 raketa parvozining asosiy qismi aynan Starlink sun'iy yo‘ldoshlarini orbitaga olib chiqishga qaratilgan.

Hozirgi kunda Starlink xizmati dunyoning 160 dan ortiq mamlakatida 10 milliondan ziyod faol foydalanuvchiga ega. Ushbu tizim global internet tarmog‘ini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, hatto eng chekka hududlarda ham yuqori tezlikda internet bilan ta'minlash imkonini beradi.

Loyiha ilk bor 2015 yilda e'lon qilingan, 2019 yildan esa tijorat parvozlari boshangan. Starlink sun'iy yo‘ldoshlari Yerga nisbatan yaqin — taxminan 550 kilometr balandlikdagi orbitada joylashgan. Bu esa internet signalining kechikishini minimal darajaga tushirishga xizmat qiladi.

Foydalanuvchilar maxsus terminal qurilmalar orqali tarmoqqa ulanadi. Ushbu terminallar avtomatik ravishda bir sun'iy yo‘ldoshdan ikkinchisiga ulanib turadi. Yo‘ldoshlar o‘zaro ma'lumot almashish uchun lazerli aloqa tizimlari bilan jihozlangan, shuningdek orbitadagi holatini to‘g‘rilash uchun ionli dvigatellardan foydalanadi.

Mutaxassislarning aytishicha, har bir sun'iy yo‘ldoshning xizmat qilish muddati o‘rtacha 5 yilni tashkil etadi. Shundan so‘ng ular orbitadan chiqarilib, atmosferada yonib ketadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bayram kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 03:35

    Bayram kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?

    "O'zgidromet" dam olish kunlarida kuzatiladigan ob-havo prognozini e'lon qildi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 19.03.2026 02:50

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    "O‘zgidromet" 19 mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 18.03.2026 02:53

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 18 mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

    'Bugun harorat 20 darajaga ko‘tarilishi mumkin'ning rasmi

    Bu qiziq 17.03.2026 02:54

    Bugun harorat 20 darajaga ko‘tarilishi mumkin

    "O'zgidromet" ob-havo prognozini e'lon qildi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 16.03.2026 14:43

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 16.03.2026 02:48