O‘zbekiston ayollar milliy futbol terma jamoasi Avstraliyada o‘tayotgan AFC Women’s Asian Cup turnirida chorak finalda Janubiy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bosh murabbiy Kotrina Kalbayte shogirdlari “B” guruhida uchinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l olgan. Chorak final uchrashuvi 14-mart kuni Sidney shahrida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, mazkur bahs g‘olibi kelasi yili Braziliyada o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Mag‘lub bo‘lgan jamoa esa mundialga chiqish uchun qo‘shimcha pley-off bahsida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Xitoy ayollar milliy futbol terma jamoasi va Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgan. So‘nggi turda esa Bangladesh ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.






