AsosiyJinoyat

Ҳажга ноқонуний юборишни ваъда қилган шахс қўлга олинди

Namanganda 4 nafar fuqaroni “Haj-2026” mavsumida Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, katta miqdorda pul talab qilgan shaxs tezkor tadbirda ushlandi.

'Ҳажга ноқонуний юборишни ваъда қилган шахс қўлга олинди'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Chust tumanida yashovchi 4 nafar shaxsni noqonuniy yo‘llar bilan haj safariga jo‘natish evaziga 26 ming AQSH dollari talab qilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 6 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Boshqa yangiliklar