AsosiySiyosat

To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohda duo qilindi.

'To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga amaliy tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

Buxorodan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan ushbu majmua mintaqadagi eng muhim ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Bu yerda XIV asrning yirik ulamosi, naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband dafn etilgan.

Ma’lum qilinishicha, ansambl asrlar davomida shakllangan bo‘lib, uning tarkibida maqbara, Abdulazizxon qurdirgan xonaqoh, ikki masjid, shayboniyalar, ashtarxoniylar va mang‘itlar sulolalari amirlari dafn etilgan daxma hamda so‘fiylik tarixiga bag‘ishlangan muzey mavjud.

Prezident tashabbusi bilan majmua hududi obod qilinib, tarixiy qiyofasi tiklandi. Toqi miyona darvozasidan boruvchi yo‘lak ta’mirlandi, atrofi bog‘ga aylantirildi, muzey va tahoratxona barpo etildi, shuningdek, Doniyolbiy qurdirgan madrasa rekonstruksiya qilinmoqda.

Tashrif davomida Qur’on tilovat qilinib, qardosh xalqlar tinchligi va farovonligi uchun duo qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 09:08

    Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakarga keldi.

    'Saida Mirziyoyeva AQShda Ben Blek bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.04.2026 05:16

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi'ning rasmi

    Siyosat 04.04.2026 09:25

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

    'Prezident “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi'ning rasmi

    Siyosat 01.04.2026 13:30

    Prezident “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

    Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni mamlakatga tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novaysni qabul qildi.

    'Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.'ning rasmi

    Siyosat 31.03.2026 15:42

    Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi'ning rasmi

    Siyosat 29.03.2026 14:51

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi

    Suhbat davomida Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.