AsosiySiyosat

Prezident “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni mamlakatga tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novaysni qabul qildi.

'Prezident “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi'ning rasmi

Oʻzbekiston va BMTning usbu ixtisoslashgan muassasasi oʻrtasidagi koʻp qirrali va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tashkilot rahbari Oʻzbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqoshi baholadi. Sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va xizmatlarni diversifikatsiya qilish boʻyicha izchil choralar amalga oshirilmogʻda. Aviaqatnovlar geografiyasi kengaymogʻda, yangi muzeylar tashkil etilmogʻda, yirik madaniy tadbirlar muntazam oʻtkazilmogʻda.

Soʻnggi 8 yilda yurtimizga kelgan sayyohlar soni 6 barobar koʻpayib, qariyb 12 million nafarga yetgani alohida qayd etildi. 2030 yilgacha ularning sonini 20 millionga, turizmning mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushini esa 7 foizga etkazish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston va “BMT Turizm” oʻrtasidagi hamkorlik jadal sur’atda rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlandi. 2023 yilda Samarqand shahrida Tashkilot Bosh Assambleyasi muvaffaqiyatli oʻtkazildi, Xalqaro turizm akademiyasi tashkil etildi, yaqinda esa “Ipak yoʻlida turizm” mavzusidagi ofisning ochilishi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 2027 yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Suhbat chogʻida tomonlar sheriklikni yanada rivojlantirish, jumladan, sayyohlik sohasida xalqaro huquqiy bazani takomillashtirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, ekspertlik va texnik hamkorlikni kengaytirish, turizm sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash niyatida ekanligini qatʼiy tasdiqladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.'ning rasmi

    Siyosat 31.03.2026 15:42

    Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi'ning rasmi

    Siyosat 29.03.2026 14:51

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi

    Suhbat davomida Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 13:35

    O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi

    Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mamlakat yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 11:07

    O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi

    Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qur’goni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 10:26

    O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi

    Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari mamlakatda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 02:59

    Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi

    Ikki mamlakat yetakchilari san'atkorlar ishtirokidagi an'anaviy madaniy dasturda qatnashdi.