AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mamlakat yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.

'O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi'ning rasmi

Davlat rahbarlari Buxoro viloyatidagi “Mergantex” paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi “Nigora” fabrikasiga tashrif buyurdilar.

Qiymati 35 million dollarlik loyiha doirasida tashkil etilgan fabrika paxta xomashyosini qayta ishlashdan tortib, tayyor mato va kiyim-kechak tayyorlashgacha bo‘lgan uzluksiz ishlab chiqarish zanjirini yo‘lga qo‘ygan.

“Shoyigul” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan tikuv-trikotaj va tayyor kiyim mahsulotlari asosan Yevropa mamlakatlariga, xususan, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniyaga eksport qilinmoqda. Bu yerda 840 ta ish o‘rni yaratilgan.

Korxonada xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy yuqori texnologik uskunalar Xitoy, Germaniya va Belgiyadan olib kelingan. Ikkinchi bosqichda sintetik tolaklar va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Oliy martabali mehmonlar korxonaning shou-rumini va tayyor mahsulotlar namoyishini ko‘zdan kechirdilar.

Yiliga 10 million dollarlik eksport qilayotgan fabrika mahsulotlarining sifatini Tojikiston delegatsiyasi tomonidan yuqori baholandi.

Prezidentlar mamlakatlarimizning ilgor korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:07

    O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi

    Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qur’goni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:26

    O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroga bordi

    Buxoro xalqaro aeroportida davlat rahbari mamlakatda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni kutib oldi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 02:59

    Oʻzbekiston va Tojikiston rahbarlari qoʻshma kontsertni tomosha qildi

    Ikki mamlakat yetakchilari san'atkorlar ishtirokidagi an'anaviy madaniy dasturda qatnashdi.

    'Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 15:35

    Oʻzbekiston va Tojikiston tovar ayirboshlashni 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

    Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Koʻksaroy qarorgohida Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishi yakunlarini eʼlon qildi.

    'Donald Trump Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 09:03

    Donald Trump Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

    AQSh prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini Tinchlik kengashining navbatdagi yigʻilishi va Mayamidagi G20 sammitiga taklif qildi.

    'Emomali Rahmon Oʻzbekistonga keldi'ning rasmi

    Siyosat 26.03.2026 07:49

    Emomali Rahmon Oʻzbekistonga keldi

    Tojikiston prezidenti Toshkentda ikki tomonlama muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning ilk yig‘ilishida ishtirok etadi.