20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat avvalida tomonlar butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, xalqlarga tinchlik, farovonlik va rivoq tiladi.
Muloqot davomida joriy yil fevral oyida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidlandi. Shuningdek, vazirlik va idoralar darajasidagi aloqalar faollashib, amaliy natijalar ortib borayotgani qayd etildi.
Tomonlar Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat yuzasidan tashvish bildirib, barcha muammolarni faqat tinch va diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligini ta’kidladi.






