AsosiySiyosat

Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

'Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

Suhbatda davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, xalqlariga tinchlik, farovonlik va rivoq tiladilar. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash ortib borayotgani, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport va madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar ilgari surilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, Yaqin Sharqdagi vaziyat tahlilida vaziyatning keskinlashishi mintaqaviy va global iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi, uni faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali yumshatish zarurligi ta’kidlandi.

Suhbatda bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 17.03.2026 18:07

    Prezident Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi va iftorlikda ishtirok etdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Tadbirda mahalliy va xalqaro jamoatchilik vakillari qatnashdi.

    'Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi'ning rasmi

    Siyosat 13.03.2026 09:17

    Prezident hokimlarni “nomiga” sayyor qabul qilganini tanqid qildi

    O‘zbekiston bo‘yicha har o‘n ming kishiga o‘rtacha 319 ta ariza to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, ba’zi hududlarda bu ko‘rsatkich ikki barobar yuqori.

    'Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti'ning rasmi

    Siyosat 11.03.2026 10:04

    Eron qizlar maktabiga zarba: AQSh aybni tan olmayapti

    Eronning Minob shahrida joylashgan qizlar maktabiga berilgan zarba natijasida kamida 165 kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

    'Baxtiyor Saidov Turkiya prezidenti Erdo'g'an bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.03.2026 04:36