AsosiySport

Mbappe va Bellingham davolanish uchun Ispaniyani tark etdi

"Real Madrid" futbolchilari qo'shimcha tekshiruv uchun Parij va Londonga jo'natildi.

'Mbappe va Bellingham davolanish uchun Ispaniyani tark etdi'ning rasmi

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe va yarim himoyachi Jud Bellingham sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab Ispaniyani tark etdi.

Mbappe qo‘shimcha tekshiruv uchun Parijga, Bellingham esa Londonga yuborilgan.

Ma’lum qilinishicha, Mbappening tizzasidagi muammo jarrohliksiz davolanishi rejalashtirilgan.

Bellinghamning esa aprel oyida maydonga qaytishi kutilmogda. Ayni paytda “Real Madrid” La Ligada 60 ochko bilan “Barselona”dan 4 ochko ortda bormogda.

    Boshqa yangiliklar