Saida Mirziyoyeva AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, mulohot davomida yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi. DFC O‘zbekistonga amerikalik sarmoyadorlarni jalb etishga ko‘maklashadi hamda investitsion xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi.
Shuningdek, 2026 yilda qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish ham rejalashtirilgan.
6 aprel kuni Vashingtonda Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi rasman ish boshladi. Ushbu kengash hamraislari Saida Mirziyoyeva va Serjio Gor o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda Amerika—O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi ochilishida so‘zlagan nutqida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanini aytdi.
7 aprelda Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan biznes-nonushta formatida uchrashuv o‘tkazdi.






