AsosiyMadaniyat

Endi chiqindixonadan chiqindilarni noqonuniy olib chiqqanlar jarimaga tortiladi

Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

'Endi chiqindixonadan chiqindilarni noqonuniy olib chiqqanlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

O‘zbekistonda chiqindilarni yig‘ish maydonchalaridan ularni noqonuniy olib chiqib ketganlik uchun javobgarlik joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

25 mart kuni qabul qilingan qonun bilan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini yuritish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar yuklatildi.

Xususan, atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot bazasiga ma’lumotlarni kiritmaslik, to‘liq kiritmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish uchun I va II toifadagi ta’sirga ega faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima qo‘llanadi.

Shuningdek, o‘rmon fondi yerlarini qonunga xilof ravishda ajratish yoki ulardan foydalanish, agar bunday qilmishlar uchun ilgari ma’muriy jazo qo‘llangan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha jarima, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, ekologik huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlandigan holatlarda ham javobgarlik qo‘llanadi. Shuningdek, chiqindilarni yig‘ish maydonchalari va ularning qo‘riqlanmaydigan inshootlaridan chiqindilarni noqonuniy yig‘ish va olib chiqib ketish uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilandi.

    Boshqa yangiliklar