So‘ng huquqbuzarga nisbatan ma’muriy ish ko‘zgatilib, hujjatlar sudga yuborildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Surxondaryo viloyatida erkak it bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagani ko‘ringan.
Holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Matbuot xizmati ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborilgan.
Huquqbuzar videoda o‘z qilmishidan pushaymon ekanini bildirib, “Ming bor uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan pushaymonman”, degan.






