Abdulqodir Husanov muxlislar ovoz berish natijalariga ko‘ra Manchester Sitining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
U raqiblari — Rodri va Jeremi Dokuni ishonchli tarzda ortda qoldirdi.
Husanov himoyadagi faol va jonboz o‘yini bilan muxlislar e‘tiborini qozondi.
Shu tariqa u 2026 yilda ikkinchi bor oy futbolchisiga aylandi — avval yanvar oyida ham shu sovrinni qo‘lga kiritgan edi.






