Jurnalist Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Zidan Frantsiya futbol federatsiyasi bilan bosh murabbiy lavozimi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, bu qarorni qish oylaridayoq e'lon qilish mumkin edi, biroq amaldagi murabbiy Didye Deshamga hurmat yuzasidan kechiktirilgan.
Manbaga ko'ra, Zidan o'z shtabiga "Real Madrid"da birga ishlagan David Bettoniy va Hamidu Msaidini jalb qilishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot uchun, Zinedin Zidan Real Madrid bosh murabbiyi sifatida ikki marta Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan va uch marta Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.






