AsosiySport

Ronalduning o‘g‘li “Real” akademiyasida sinovdan o‘tmoqda

Portugaliyalik hujumchi Kristianu Ronalduning to‘ng‘ich o‘g‘li Kristianu Junior "Real Madrid" akademiyasining U16 jamoasida mashg‘ulot o‘tkazdi.

'Ronalduning o‘g‘li “Real” akademiyasida sinovdan o‘tmoqda'ning rasmi

“The Athletic” nashri xabariga ko‘ra, Kristianu Junior hujumchi sifatida harakat qiladi va ayni paytda Al-Nasr klubi yoshlar jamoasida to‘p tepmoqda. U “Real Madrid” tizimiga qo‘shilish maqsadida akademiyada sinov mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.

2010 yil iyun oyida tug‘ilgan Kristianu Junior ilk bor 2025 yil oktyabr oyida Portugaliya U16 terma jamoasiga jalb etilgan edi.

Uning otasi Kristianu Ronaldu — besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi va Yevropa chempioni hisoblanadi. U 2023 yildan buyon Al-Nasr safida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zidane Fransiya terma jamoasiga yaqinlashmoqda — Romano'ning rasmi

    Sport Bugun 04:54

    Zidane Fransiya terma jamoasiga yaqinlashmoqda — Romano

    Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidane mamlakati milliy terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda.

    'Shvetsiyada 20 yoshli futbolchi otishmada halok bo'ldi.'ning rasmi

    Sport 25.03.2026 07:05

    Shvetsiyada 20 yoshli futbolchi otishmada halok bo'ldi.

    Hodisa 21 mart kuni kechqurun avtoturargohda sodir bo‘lgan.

    'Kolumbiyada yosh futbolchi hushidan ketib vafot etdi'ning rasmi

    Sport 23.03.2026 14:01

    Kolumbiyada yosh futbolchi hushidan ketib vafot etdi

    Kolumbiyaning "Milyonarios" klubi 18 yoshli futbolchisi Santyago Kastrillonning o‘yin paytida hushidan ketib, vafot etganini ma’lum qildi.

    'Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi'ning rasmi

    Sport 22.03.2026 18:52

    Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

    London shahridagi mashhur Wembley stadionida Angliya Liga kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

    'Oʻzbekiston terma jamoasining FIFA kunlaridagi yigʻinida ishtirok etuvchi tarkibi eʼlon qilindi'ning rasmi

    Sport 22.03.2026 07:57

    Oʻzbekiston terma jamoasining FIFA kunlaridagi yigʻinida ishtirok etuvchi tarkibi eʼlon qilindi

    O‘rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun 26 nafar futbolchi chaqirilgan.

    'Husanov “Real”ga qarshi o‘yinda ajralib turdi'ning rasmi

    Sport 19.03.2026 13:05

    Husanov “Real”ga qarshi o‘yinda ajralib turdi

    “Manchester Siti” mag‘lub bo‘lgan o‘yinda ham o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning harakatlari alohida yuqori baholandi.