Vladimir Putin Kremlda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda paralimpiyachi Ivan Golubkovga "Do‘stlik" ordenini topshirdi.
Sportchi nogironlar aravachasida harakatlangani sabab, davlat rahbari mukofotni shaxsan taqish uchun bir tiz cho‘kdi.
Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlar va OAVda keng muhokama qilinib, iliq munosabatlarga sabab bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Golubkov 2026 yilgi Paralimpiya o‘yinlarida uchta oltin medalni qo‘lga kiritgan. U bundan avval ham Sochi va Pxyonchanda o‘tgan musobaqalarda g‘olib bo‘lgan.






