AsosiyBu qiziq

3,7 million yil avval yashagan inson ajdodining yuzi tiklandi

Olimlar insoniyatning qadimgi ajdodlaridan biriga tegishli bosh suyagi asosida uning ehtimoliy yuz qiyofasini qayta tikladı.

'3,7 million yil avval yashagan inson ajdodining yuzi tiklandi'ning rasmi

Tadqiqotga ko'ra, "Little Foot" deb atalgan ushbu qoldiq taxminan 3,7 million yil oldin yashagan. U 1980 yilda Janubiy Afrikadagi g'ordan topilgan.

Ilk bor faqat kichik oyoq suyaklari aniqlanganligi uchun topilma "Kichik oyoq" deb nomlangan, keyinchalik esa g'or devoriga yopishib qolgan deyarli butun skelet topilgan. Uni toshdan ajratib olish uchun olimlarga qariyb 15 yil kerak bo'lgan.

Fransiyadagi Poitiers universiteti olimlari paleoantropolog Amelie Bodet boshchiligida kompyuter modellashtirish usuli orqali bosh suyagini tiklab, uning ehtimoliy yuz ko'rinishini yaratgan.

Topilma Australopithecus guruhiga mansub ekanligi aniqlangan, ammo uning qaysi turga tegishli ekani hozircha aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar