AsosiySiyosat

Prezident Qozog‘istonga boradi

Tashrif Qosim-Jomart To‘qayev taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

'Prezident Qozog‘istonga boradi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21–22 aprel kunlari amaliy tashrif bilan Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘ladi. Tashrif Qosim-Jomart To‘qayev taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.

Tashrif doirasida davlat rahbari Mintaqaviy ekologik sammit hamda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi tashkil etilishi davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Unda Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ta’minlash, ekologik va iqlim muammolari, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilinadi.

Sammitlar davomida Prezident o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari suradi, shuningdek, milliy pavilyonlar taqdim etilgan maxsus ekologik ko‘rgazmani ko‘zdan kechiradi.

Tadbir yakunida qator muhim hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar