AsosiySiyosat

To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi

Unda nimalar haqida soʻz borgan?

'To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi'ning rasmi

Bugun, 14 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga qozoqistonlik maslakdoshi tomonidan maktub keldi. Bu haqda mamlakat rahbarining matbuot xizmati ma'lum qildi.


Maktubda Qozog‘iston yetakchisi O‘zbekistonning Buxoro shahriga qilgan safaridan keyin shahar haqida o‘z taassurotlarini hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikni yanada chuqurlashtirish borasida so‘z borgan.

Maktubning to‘liq matni quyida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Qadrli Shavkat Miromonovich!

Nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun jahon tsivilizatsiyasi durdonasi bo‘lgan qadimiy Buxoro shahriga amaliy tashrifim chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiylik uchun Sizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston bu bebaho asrab-avaylab, boyitib, buyuk o‘tmishni zamonaviy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirib kelayotgani meni hayratga soldi. Buxoroning bugungi go‘zal qiyofasi Sizning Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan oqilona va bunyodkorona siyosatingiz yuqori samaradorligining yaqqol ifodasidir.

Puxta o‘ylangan tadbirlarga boy tashrifning o‘zi, shubhasiz, foydali bo‘ldi. Nazarimda, Buxorodagi bir kunlik muzokaralar uzoq muddatli siyosiy samarasi jihatidan rasmiy tashrifdan aslo qolishmaydi.

Uchrashuvimiz Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni yanada mustahkamlash uchun yangi ufqlarni ochdi, davlatlararo strategik hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qiladi.

Ostonaga qaytgach, erishilgan va tasdiqlangan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizning turli sohalardagi foydali tajribasini hisobga olish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdim. “Toza havo” qo‘shma tashabbusiga alohida ahamiyat beraman.

Ishonchim komilki, biz qo‘ygan vazifalarning sifatli bajarilishi Qozog‘iston – O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligini yangi cho‘qqilarga olib chiqishga xizmat qiladi.

Qozog‘iston uchun katta madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan arxiv materiallarini taqdim etganingiz uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Bu harakat Sizning bag‘rikengligingiz va qozoq xalqiga bo‘lgan iliq munosabatingiz, qardosh mamlakatlarimiz tarixini munosib e‘tirof etishingizdan dalolat beradi.

Hurmatli Shavkat Miromonovich! Sizga va oilangizga chin qalbimdan sihat-salomatlik va baxt-saodat, Qozog‘istonning abadiy do‘sti, ittifoqchisi va strategik sherigi bo‘lgan Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Hurmat bilan,

Qosim-Jomart To‘qayev,

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev O‘zbekistonning Buxoro shahriga 10 aprel kuni tashrif buyurib, 11 aprel kuni Qozog‘istonga jo‘nab ketgan edi

Qozog‘iston prezidentning Buxoro shahriga tashrifidan foto lavhalar:

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 12.04.2026 17:29

    Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

    Temuriylar buyuk merosini yanada chuqur o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 14:49

    Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan zamonaviy korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

    'To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 10:37

    To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohda duo qilindi.

    'Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 09:08

    Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakarga keldi.

    'Saida Mirziyoyeva AQShda Ben Blek bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.04.2026 05:16

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi'ning rasmi

    Siyosat 04.04.2026 09:25

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.