Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Buxoro shahrida joylashgan “Nigora” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlariga tashrif buyurdi. Qiymati 35 million dollar bo‘lgan loyiha 2024 yil avgustda ishga tushirilgan bo‘lib, bu yerda 840 nafar xodim mehnat qilmoqda, ularning aksariyatini ayollar tashkil etadi.
Korxonada Yaponiya, Italiya, Belgiya va Germaniyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar yordamida yiliga 20 million pogon metr tayyor mato va 1 million dona to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilmogda. Prezidentlarga tayyor kiyim-kechak va matolar namunalari namoyish etildi.
“Shoyigul” brendi ostidagi mahsulotlar asosan Yevropa davlatlariga, jumladan Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniyaga eksport qilinmogda. Davlat rahbarlari eksportni 10 million dollarga yetkazish, ishlab chiqarishni kengaytirish va kelgusida sintetik tola hamda aralash matolardan mahsulot tayyorlash rejalarini yuqori baholadi.






