Jahon chempionati–2026 yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan pley-off bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Kongo DR terma jamoasi Yamaykani 1:0 hisobida mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Natijaga ko‘ra, Kongo DR O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan “K” guruhidan joy oldi. Shu tariqa, guruhdagi barcha jamoalar nomi aniq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ guruh bosqichida Portugaliya, Kolumbiya hamda Kongo DR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.






