AsosiySiyosat

Mirziyoyev ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha yangi qarorlarni imzoladi

Ushbu tashabbuslar doirasida qator yangi ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar joriy etiladi.

'Mirziyoyev ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha yangi qarorlarni imzoladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar sifatini oshirish va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ma’qulladi. Ushbu tashabbuslar doirasida qator yangi ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar joriy etiladi.

Taqdimotda ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ehtiyojmand fuqarolarga manzilli yordamni kuchaytirish, xizmatlarni raqamlashtirish va proaktiv shaklga o‘tkazish bo‘yicha rejalar belgilandi. Xususan, 2026 yildan boshlab ruhiy holatida buzilishlari mavjud shaxslar uchun “Yangi kun” kunduzgi parvarish, uy sharoitida qarab turish, “Madad” uyi va “Ijtimoiy ta’til” kabi xizmatlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 0–3 yoshda rivojlanishida nuqsonlar aniqlangan bolalar uchun “Erta aralashuv” xizmati joriy etilib, maxsus pedagogik va reabilitatsion yordam ko‘rsatiladi. Yangi xizmatlar asosan davlat-xususiy sheriklik orqali tashkil etiladi va ularning xarajatlari davlat tomonidan subsidya qilinadi.

2026 yil 1 sentyabrdan esa og‘ir darajadagi nogironligi bo‘lgan shaxslarga qarayotgan qonuniy vakiillar uchun yangi har oylik parvarishlash nafaqasi joriy etiladi. Bundan tashqari, kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalanuvchi ota-onalarga soliq imtiyozlari berish, tadbirkorlarni esa 2030 yilgacha soliqdan ozod qilish rejalashtirilmoqda.

Qonunchilikda ham muhim o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan: nogironlik bo‘yicha kamsitish uchun javobgarlik kuchaytiriladi, ijtimoiy xizmatlar yagona reestr orqali manzilli yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, bolalar va ayollarni himoya qilish, jumladan, zo‘ravonlik va noqonuniy kontentga qarshi choraklarni kuchaytirishga qaratilgan normalar ham kiritiladi.

Prezident ushbu takliflarni ma’qullab, tegishli qonun hujjatlarini imzoladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻrta Chirchiqda portlash: bir oiladan 4 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 10:49

    Oʻrta Chirchiqda portlash: bir oiladan 4 kishi halok boʻldi

    Fojia tungi payt sodir bo‘lib, yong‘in ogir oqibatlarga olib kelgan.

    'To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi'ning rasmi

    Siyosat 14.04.2026 10:53

    To‘yev Shavkat Mirziyoyevga maktub yozdi

    Unda nimalar haqida soʻz borgan?

    'Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 12.04.2026 17:29

    Amir Temur merosi bo‘yicha xalqaro konferensiya qatnashchilari O‘zbekiston Prezidentiga murojaat yo‘lladi

    Temuriylar buyuk merosini yanada chuqur o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

    'Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 14:49

    Mirziyoyev va Toqayev Buxorodagi yirik to‘qimachilik korxonasi bilan tanishdi

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari eksportbop mahsulot ishlab chiqarayotgan zamonaviy korxona faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

    'To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 10:37

    To‘qayev va Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

    Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi doirasida Buxorodagi muqaddas ziyoratgohda duo qilindi.

    'Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi'ning rasmi

    Siyosat 11.04.2026 09:08

    Toqayev Buxoroga keldi: etakchilar muzokara o‘tkazadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev amaliy tashrif bilan mamlakarga keldi.