Ma'lum qilinishicha, missiya komandiri Rid Uayzman ekipaj so‘nggi dvigatel yoqilishini yakunlab, kemani Oy tomon yo‘naltirganidan so‘ng “ajoyib” tasvirlarni olgan.

Orion kemasi taxminan 142 ming mil (228,5 ming km) masofada Yerdan, 132 ming mil masofada esa Oydan joylashgani qayd etilgan.
Astronavt Kristina Kukning aytishicha, uchishdan ikki kundan ortiq vaqt o‘tgach, mazkur bosqichga etilgani haqida xabar eshitishganidan xursand bo‘lgan.

“Hello, World” deb nomlangan birinchi tasvirda Atlantika okeanining keng ko‘k hududi aks etgan. Unda Yer atmosferasining yorug‘ halqasi hamda qutblar yaqinidagi yashil auroralar ko‘rinadi.
Tasvirda Yer teskari holatda aks etgan bo‘lib, chap tomonda G‘arbiy Sahro va Iberiya yarim oroli, o‘ng tomonda esa Janubiy Amerikaning sharqiy qismi ko‘rinadi.
NASA ma’lumotiga ko‘ra, tasvirning quyi o‘ng qismida yorqin sayyora sifatida Venera ham tasvirga tushgan.






