AsosiyJinoyat

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlangan

Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosariga nisbatan jinoyiy ish qo‘zg‘atildi.

'Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlangan'ning rasmi

5 aprel kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan Isomiddin Ismanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (ko‘p miqdorda firibgarlik) hamda 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bo‘yicha jinoyiy ish qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, u mazkur ish doirasida gumonlanuvchi sifatida ishga jalb qilingan. Eslatib o‘tamiz, Isomiddin Ismanov usbu lavozimda 2025 yil dekabr oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar