AsosiyJinoyat

Toshkentda Tracker haydovchisi to‘rt nafarni urib ketishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Эслатиб ўтамиз, Тошкент шаҳрида Юнусобод туманида 26 март куни Tracker ҳайдовчиси бир нечта фуқарони уриб юборган эди.

'Toshkentda Tracker haydovchisi to‘rt nafarni urib ketishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea Niyozbek yo‘li va Xalqobod ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Janjal yakunlanish arafasida, haydovchi harakatlanib kelib, to‘rt nafar fuqaroni urib yuborgan.

Hodisa joyidan dalillar rasmiylashtirib olingan. Tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-modda (qasddan odam o‘ldirishga urinish) hamda 277-modda (bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda ham voyaga yetmagan yigit 5 yoshli qizchani mashinada urib qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

O‘sha holatda ham huquqbuzar topilib, transport vositasi jarima maydonchasiga olib borilgan, qizning ahvoli hozirda yaxshi ekanligi ma’lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar