Toshkent shahri Bektermir tumanida qariya ayol bosqinchilik qurboniga aylandi. Uch nafar shaxs oldindan til biriqtirib, uni urib, 12 million so‘m va boshqa buyumlarini olib qochgan.
Ichki ishlar xodimlari olib borgan tezkor tadbirlar natijasida gumondorlar qo‘lga olindi. Ulardan ashyoviy dalillar olib qo‘yilgan, hozirda tergov davom etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, gumondorlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi bo‘yicha ayb e’lon qilingan. Ushbu jinoyat uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.






