Hayriddin Sultonov yozuvchi, publitsist, davlat va jamoat arbobi. U 1956 yil 19 yanvar kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
Yozuvchi "Sarbadorlar" nomli tarixiy biografik asari, “Saodat sohili”, “Yozning yolg‘iz yodgori", “Ko‘ngil ozodadur”, “Ajoyib kunlarning birida” singari qissalari bilan adabiyotimiz rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan.
Hayriddin Sulton «Shuhrat» medali, “Mehnat shuhrati” ordeni, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” faxriy unvoni va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan ham taqdirangan.
Yil boshida adibning milliy ozodlik harakati namoyondalari hayotini aks ettiruvchi “Yaldo kechasi” nomli asarining taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.






