AsosiyMadaniyat

Burak Deniz qonida gʻiyohvand moddalar aniqlandi

Turkiyalik mashhur aktyor Burak Denizdan olingan tahllilar natijasida uning qoni va soch namunalarida taqiqlangan moddalar borligi maʼlum boʻldi.

'Burak Deniz qonida gʻiyohvand moddalar aniqlandi'ning rasmi

Ma’lum qilinishicha, tekshiruvlar Sud tibbiyot institutida o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, Serra Pirinch va Enes Guler bilan birga olingan namunalarda “marixuana” va “kokain” moddalari aniqlandi. Shuningdek, qo‘shiqchi Utku Unsalda “marixuana”, Simge Sag‘inda esa dori tarkibidagi faol modda borligi qayd etilgan.

Aytilishicha, mazkur holatdan so‘ng Burak Deniz jinoyiy javobgarlikka tortilishi, shuningdek reklama va boshqa shartnomalardan mahrum bo‘lishi mumkin. U avval ham mast holatda turli mojarolarga aralashgani aytilmogda.

Ma’lumot uchun, Burak Deniz 35 yoshda bo‘lib, u aktyorlik faoliyatini “Kollej kundaligi” seriali orqali boshlagan. Keyinchalik “Qochoq” va “Bizning hikoya” kabi loyihalar orqali keng omma e’tiboriga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, u avvalroq Istanbulda giyohvandlikka qarshi operatsiya doirasida qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzahda ikki avtomobil toʻqnashuv oqibatida 5 kishi halok boʻldi'ning rasmi

    Madaniyat 05.04.2026 11:07

    Jizzahda ikki avtomobil toʻqnashuv oqibatida 5 kishi halok boʻldi

    Qurbonlar orasida Xitoy fuqarosi ham borligi aytilmоqda.

    'Endi chiqindixonadan chiqindilarni noqonuniy olib chiqqanlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

    Madaniyat 28.03.2026 03:48

    'Hande Erchelning ishi nima boʻldi?'ning rasmi

    Madaniyat 25.03.2026 20:07

    Hande Erchelning ishi nima boʻldi?

    Hande Erchel izoh berdi.

    'Surxondaryoda kuchukni qulog‘ini uzgan fuqaroga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan'ning rasmi

    Madaniyat 23.02.2026 07:25

    Surxondaryoda kuchukni qulog‘ini uzgan fuqaroga ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan

    Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda erkak it bolasining quloqlarini uzib tashlagani aks etgan video tarqalgan edi.

    'Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.'ning rasmi

    Madaniyat 01.02.2026 08:22

    Euronews va CNN telekanallarida Farghoniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar efirga uzatildi.

    "Oskar" mukofoti sovrindori, mashhur britaniyalik aktyor Ben Kingsley ishtirokida "Ma'rifat aks-sadosi" turkum filmi doirasida suratga olingan Far'g'oniy, Xorazmiy va Ibn Sino haqidagi videoroliklar dunyoning yetakchi Euronews va CNN xalqaro telekanallarida efirga uzatildi.

    'Hayriddin Sultonovga “O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi” unvoni berildi'ning rasmi

    Madaniyat 19.01.2026 12:08