AsosiyMadaniyat

BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”

Britaniyaning mashhur tarixiy jurnali — "History Extra"da chop etilgan "Meros posbonlari" maqolasida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi aynan shunday taʼriflanadi.

'BBC History Extra: “Butun dunyo uchun mayoq”'ning rasmi

Materialda Markaz ta’lim va mamlakat tarixiy merosini asrash sohasida yangi davrni boshlab berishi, bugunning o‘zidayoq Yangi O‘zbekistonning eng ulug‘vor madaniy loyihalaridan biri sifatida qaralayotgani ta’kidlanadi. Mualliflar poytaxtning alohida o‘rniga e’tibor qaratgan holda, Toshkentni davrlar muloqoti makoni deb atashadi:

“Qadimiy tarix va zamonaviylik chorrahasiida O‘zbekiston poytaxti — Toshkent Yangi O‘zbekistonning eng ulkan madaniy tashabbuslari qatoriga kirgan loyihani amalga oshirishni yakunladi”.

Maqolada milliy madaniy merosni qaytarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan faoliyatga alohida urg‘u beriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bir necha bor ta’kidlaganidek, millatning haqiqiy qudrati uning xotirasida va madaniy ildizlarida mujassam bo‘ladi. Shu bois noyob artefaktlarni Vatanga qaytarish va muzey to‘plamlarini haqiqiy milliy meros bilan boyitish ishlari boshlanganini qayd etiladi. 

Islom sivilizatsiyasi markazi oddiy muzey majmuasi emas, balki islom merosining jahon tarixidagi o‘rnini anglash va uni kelajakka integratsiya qilishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli ta’limiy va madaniy megaloyiha sifatida taqdim etiladi.

Shuningdek, Markazni barpo etish g‘oyasi ilk bor 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u nafaqat mamlakat, balki Markaziy Osiyondan tashqari hududlar uchun ham yangi madaniy va ta’limiy kodni shakllantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlangan.

Majmua me’morchiligiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada 65 metrli gumbazning ramziy ma’nosi va mamlakat hududlarining birdamligini ifodalovchi to‘rtta ulkan portal alohida qayd etiladi. Markaziy makon sifatida muqaddas Qur’oni karim zali tilga olinadi, unda YUNESKOning “Jahon merosi” reestriga kiritilgan VII asrga oid Usmon mus’hafi saqlanadi.

Mualliflar Markaz ekspozitsiyasi kontseptsiyasini batafsil yoritib, quyidagilarni ta’kidlaydilar:

 “Arxeologiya, san’at va texnologiyalar raqamli proyeksiyalar, yorug‘lik, ovoz va interaktiv yechimlar orqali yagona oqimga uyg‘unlashadi”. 

Loyihaning ta’limiy ko‘lami ham alohida qayd etilgan: 200 ming kitobga mo‘ljallangan kutubxona, xattotlik maktabi, restavratsiya laboratoriyalari hamda bolalar va yoshlar uchun mo‘ljallangan “1001 ixtiro” muzey-laboratoriyasi. 

Markazning xalqaro ahamiyati YUNESKO Bosh direktori Xolid al-Anoniyning quyidagi so‘zlari bilan e’tirof etiladi:

 “Men ushbu yorug‘ Markaz butun dunyo uchun mayoqqa aylanishini tilayman. U madaniy hilma-hillik, bag‘rikenglik, ochiqlik va O‘zbekistonning insoniyat taraqqiyotidagi o‘rnining haqiqiy guvohi — sivilizatsiyalar haqiqiy chorrahasi!”

History Extra jurnali — BBC History Magazine jamoasining Britaniyaning yetakchi tarixiy jurnali va raqamli platformasi bo‘lib, u jahonning yetakchi tarixchilari tomonidan tayyorlangan tahliyiy materiallar va tadqiqotlarni akademik aniqlik hamda keng xalqaro auditoriya uchun tushunarli uslubda taqdim etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi'ning rasmi

    Madaniyat 20.12.2025 10:53

    Saida Mirziyoyeva oʻgʻli bilan multfilm premyerasiga bordi

    Prezident Administratsiyasi rahbari O‘zbekiston tarixida ilk bor 3D formatda ishlangan to‘liq metrajli animatsion film haqida fikr bildirdi.

    'Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?'ning rasmi

    Madaniyat 19.12.2025 13:33

    Yangi yil bayramini bolalar bilan qayerlarda nishonlash mumkin?

    Toshkent shahrida yangi yil bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etiladi.

    'O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Madaniyat 01.12.2025 14:34

    O‘zbekistonda har 10 ming aholiga necha nafar shifokor to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi

    Milliy statistika qo‘mitasi tegishli ma’lumotlarni taqdim etdi.

    'Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Madaniyat 23.11.2025 08:47

    Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi koʻrgazmaga tashrif buyurdi

    Bu haqda Mirziyoyeva o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozib qoldirdi.

    'Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi kinofestivalda ishtirok etdi'ning rasmi

    Madaniyat 22.11.2025 11:27

    Saida Mirziyoyeva Doʻhadagi kinofestivalda ishtirok etdi

    Dohadagi kinofestival mustaqil va mualliflik kinosining eng muhim maydonlaridan biri hisoblanadi.

    'Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi'ning rasmi

    Madaniyat 14.11.2025 08:04

    Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi belgilandi

    Yozuvchilar uyushmasi va Islom tsivilizatsiyasi markazining takliflari, shuningdek, san'atshunoslar, jamoat arboblari va ijodkorlarning fikrlari inobatga olinadi.