AsosiySport

"Inter Miami" futbolchilari Oq uyga bordi

MLS Cup—2025 gʻolibi boʻlgan "Inter Miami" jamoasi futbolchilari AQSh prezidenti Donald Trump taklifiga binoan Oq uyda qabul qilindi.

'"Inter Miami" futbolchilari Oq uyga bordi'ning rasmi

Tantanali qabul AQShdagi an'anaga ko'ra, yirik sport ligalari g'olib jamoalari uchun tashkil etildi. Marosim Oq uyning Sharqiy zalida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida futbolchilar prezident Donald Trump bilan uchrashib, jamoa nomidan unga bir nechta sovg'alar taqdim etdi.

Ushbu tashrif, shuningdek, argentinalik yulduz futbolchi Lionel Messi va Trumpning ilk ochiq uchrashuvi sifatida ham e'tiborga tushdi.

    Boshqa yangiliklar