AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqaro eshakni tiriklayin yoqib yubordi

Qoraqo‘l tumanida yuz bergan usbu hodisada 37 tup yulg‘un o‘simligi ham zarar ko‘rgan.

'Buxoroda fuqaro eshakni tiriklayin yoqib yubordi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan habarlarga ko‘ra, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumani, Xo‘jakon MFY hududidagi zovurda noma’lum shaxs eshakni yoqib yuborgan.

Oqibatda yong‘in kelib chiqqan va atrofdagi 37 tup yulgun o‘simligiga zarar yetgan. Bu holat nafaqat hayvonga nisbatan shafqatsizlik, balki atrof-muhitga ham jiddiy tahdid sifatida baholanmoqda.

Ayni paytda holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilishi kutilmogda.

Mutaxassislar fuqarolarni hayvonlar va tabiatga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishga chaqirmoqda.

Bunday holatlarga guvoh bo‘lganda, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar berish tavsiya etilmogda.

    Boshqa yangiliklar