AsosiyJamiyat

27 yoshli futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etgani aytilmoqda.

O‘zbek futbolida bir qator klublarda to‘p surgan Xushnudbek Avilovning vafoti sabablari hozircha ochiqlanmagan.

'27 yoshli futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etgani aytilmoqda.'ning rasmi

O‘zbekistonlik 27 yoshli futbolchi Xushnudbek Avilov vafot etdi. U faoliyati davomida "Paxtakor", "Navbahor", "Andijon", "Qo‘qon-1912" va "Turon" jamoalarida to‘p surgan. Futbolchining so‘nggi klubi Toshkentning "Do‘stlik" jamoasi bo‘lgan.

Avilov 2024 yildan buyon mazkur klub safida harakat qilib kelayotgan edi. Shuningdek, u o‘z vaqtida O‘zbekiston U-19, U-21 va U-22 terma jamoalariga ham jalb etilgan.

Hozircha futbolchining vafoti sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar